» » “O‘zbekneftgaz” Amerika kompaniyasi ko‘magida mintaqadagi yagona bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etadi

“O‘zbekneftgaz” Amerika kompaniyasi ko‘magida mintaqadagi yagona bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etadi


“O‘zbekneftgaz” Amerikaning Exxon Mobil kompaniyasi bilan “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bazasida II va III guruh bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Mazkur loyihaning taxminiy qiymati 150 million AQSh dollarini tashkil etadi va uni amalga oshirish muddati – 2018—2021-yillar. Amerika kompaniyasi loyihada texnologik asbob-uskunalar litsenziari sifatida ishtirok etmoqda.

Exxon Mobil ekspertlarining ta’kidlashlaricha, bu kabi loyiha mintaqada yagonadir. “O‘zbekiston neft-gaz sohasi Exxon Mobil kompaniyasi ushbu istiqbolli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tajriba va texnologiyalarni bo‘lishishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin”, — dedi Neftni qayta ishlash va gazni tozalash texnologiyalari, katalizatorlar va litsenziyalash bo‘yicha bosh menejer, kompaniya vitse-prezidenti Shon Smit.

Exxon Mobil – jahonga mashhur ko‘p funksiyali kompaniya bo‘lib, u neftni qayta ishlash, gazni qayta ishlash, neft-kimyo mahsulotlari va yirik ishlab chiqarish sanoati uchun texnologiyalarni ishlab chiqish va yetkazib berishga ixtisoslashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют