» » Xalq ta’limi vazirligi maktablarga homiylik mablag‘larini jalb qilish uchun shaffof platformani ishga tushirdi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarga homiylik mablag‘larini jalb qilish uchun shaffof platformani ishga tushirdi


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 29-sentabr kuni O‘zbekistonda ilk bor “Kraudfanding” (xalq tomonidan moliyalash) birinchi platformasi Mfond.uz ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu xayriya jamg‘armasi maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha pul to‘plash hamda nogiron va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun sarflanadi.

Mfond homiylik platformasi orqali homiylar, ota-onalar, chet elda yashovchi fuqarolar, shu jumladan, maktabning sobiq o‘quvchilari maktablarga homiylik qilishlari mumkin. Mablag‘larni Payme, Upay, Click mahalliy to‘lov tizimlari va xalqaro Visa, MasterCard va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari orqali o‘tkazish qulayliklari yaratilgan.

Ta’kidlash kerakki, homiylar mablag‘larni ma’lum bir maktab hisobiga yoki umumiy jamg‘arma hisobiga o‘tkazib berishlari mumkin.

Jamg‘arma hisobidan laboratoriyalar, aqlli sinflar va boshqa loyihalar yaratish, jihozlash, maktab infratuzilmasi, qolaversa o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirish hamda uni rivojlantirish uchun mablag‘lar yo‘naltiriladi.

“O‘zbekistonda bugungi kunda 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritmoqda, ularning 60 foizini moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi kerak. O‘zbekistondagi maktablarning faqat 37 foizi kompyuter sinfiga ega bo‘lib, ularning 7 foizi Internet tarmog‘iga ulangan. Hukumatimiz tomonidan maktablarning infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘lar ajratilmoqda. Ammo qisqa vaqt ichida belgilangan maqsadlarga erishish uchun homiylarni jalb qilish lozim bo‘ladi.

Kraudfaunding tizimidan foydalangan holda, biz maktablardagi shart-sharoitlarni yaxshilash, farzandlarimizning ta’lim olishlari va har tomonlama rivojlanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish bizning asosiy maqsadimizdir. Bu maktablar uchun bir vositadir. Mazkur platforma yordamida ular mablag‘larni jalb qilishda va sarf etishda shaffoflik va hisobotliligini ta’minlaydilar. Tizim to‘liq shaffof. Fondning ishini to‘liq oshkoraligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda olingan mablag‘lar va ulardan qanday foydalanilgani haqida ma’lumotlar berib boriladi”, — loyiha rahbari Rustam Karimjonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют