» » Surxondaryoda maktab o‘quvchisi Cobalt mashinasini olib qochdi

Surxondaryoda maktab o‘quvchisi Cobalt mashinasini olib qochdi


Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida shu yil 29-sentabr kuni noma’lum shaxs “Bog‘aro” mahallasi hududida qarovsiz qoldirilgan R.I.ga tegishli Cobalt avtomashinasini haydab qochdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina “Xalqobod” MFY hududidan texnik soz holda topildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Boymoqli” mahallasida yashovchi 14-maktabning 10-sinf o‘quvchisi J.G. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют