» » Romitan qurilish va transport kasb-hunar kolleji direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Romitan qurilish va transport kasb-hunar kolleji direktori pora bilan qo‘lga tushdi


28-sentabr kuni Romitan tumanidagi qurilish va transport kasb-hunar kolleji direktori vazifasini bajaruvchi Nodirjon Jo‘rayev o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Direktor 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro U.Hayitovdan uning turmush o‘rtog‘i G.Hojiyevani mazkur kollejga o‘qituvchi vazifasida ishga qabul qilish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 150 AQSh dollarini talab qildi.

U kimyoviy ishlov berilgan 150 AQSh dollarini olgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan N.B.Jo‘rayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют