» » Donald Tramp hech qachon spirtli ichimlik ichmaganini ma’lum qildi

Donald Tramp hech qachon spirtli ichimlik ichmaganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp 1-oktabr kuni Oq Uy hududidagi pushti bog‘da o‘tkazilgan matbuot anjumanida hech qachon spirtli ichimlik ichmagani, hatto pivo ham tatib ko‘rmaganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Men ichmaydigan odamman. Rostini aytsam, hayotim davomida biron marta pivo ham ichmaganman. Bu mening uncha ko‘p bo‘lmagan yaxshi fazilatlarimdan biri. Men hatto bir bokal ham spirtli ichimlik ichmaganman. Hech qanday munosabat bilan alkogol iste’mol qilmaganman”, — deydi Tramp.

“Tasavvur qiling, ichganimda nima bo‘lardi? Qanday dahshatli bo‘lar edim. Dunyodagi eng yomon inson bo‘lardim. Men hech qachon ichmaganman, maylimi?”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Tramp.

Qayd etilishicha, bir yil avval Tramp o‘zining akasi Fred maslahat berganida ham, hech qachon alkogol qabul qilmaganini aytib o‘tgan edi.

Fred Tramp 1981-yilda 43 yoshida vafot etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют