» » AQShda “Islomxo‘ja” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto)

AQShda “Islomxo‘ja” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto)


“Islomxo‘ja”  tarixiy, badiiy-publisistik filmining navbatdagi premyerasi AQShning Vashington shtatida bo‘lib o‘tdi. “Islomxo‘ja” filmi AQShda rasman premyera qilingan ilk o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

‘O‘zbekkino’ milliy agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida  AQSh kino maktablari, kompaniya hamda kino tashkilotlari bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir haftadan buyon AQSh davlatidamiz.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tashabbusi bilan 1-oktabr kuni AQShning poytaxti Vashington shahrida joylashgan Uilson xalqaro markazida ‘Islomxo‘ja’ tarixiy, badiiy-publisistik filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Premyerada Vashingtondagi diplomatik korpus vakillari, tadbirkorlar, kinomutaxasislar hamda adabiyotchi va jurnalistlar ishtirok etishdi. Bundan tashqari AQShlik tadbirkorlar, elchixona bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan, yurtimizga investitsiya kiritish maqsadida yurgan tadbirkorlar ham premyerada ishtirok etishdi.

‘Islomxo‘ja’ filmi AQShda rasman premyera qilingan ilk o‘zbek filmi bo‘ldi. Premyeradan so‘ng kinomutaxasislar va jurnalistlarni qiziqtirgan juda ko‘plab savollarga javob berish uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Premyera va matbuot anjumanidan so‘ng, Vashingtonda joylashgan  O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov O‘zbekiston delegatsiyasini rasman qabul qildilar. Qabul jarayonida uch soatgacha davom etib, o‘zbek kinosi istiqbollari, AQSh bilan hamkorlik rejalari hamda o‘zbek kinoijodkorlarining AQSh davlatida ta’lim olish masalalari haqida suhbatlashdik.

‘Islomxo‘ja’ filmining premyerasida yurtimizga, o‘zbek kinosiga qiziqish bildirgan kinoprodyuser hamda tadbirkorlar bilan 3-oktabr kuni muzokoralar bo‘lib o‘tishini rejalashtirganmiz.

Jahongir Ahmedov, rejissor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют