» » Jahon banki Bandlik vazirligiga 50 mln dollar kredit ajratadi

Jahon banki Bandlik vazirligiga 50 mln dollar kredit ajratadi


Jahon banki Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga imtiyozli shartlarda 50 million dollar kredit ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Vazirlik ushbu mablag‘ni bandlikka ko‘maklashish markazlari salohiyatini oshirishga qaratilgan kichik va mini-loyihalar, shuningdek, bandlikka ko‘maklashish va mehnat monitoringi tizimini joriy etish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni mo‘ljallamoqda.

Jahon banki 2019-yil 1-choragi yakuniga qadar pensiya tizimi islohoti bo‘yicha takliflarni tayyorlashda texnik va ekspert ko‘magini ko‘rsatishga ham tayyorligini bildirdi.

Tomonlar aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini muhokama qilmoqda. Jumladan, “Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri” avtomatlashtirilgan axborot tizimini birgalikda ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют