» » Sog‘liqni saqlash vazirligi: Qashqadaryoda ovqatdan zaharlanganlarning 48 nafariga uyga javob berildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi: Qashqadaryoda ovqatdan zaharlanganlarning 48 nafariga uyga javob berildi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitar vrachi Saidmurod Saidg‘aniyevich Saidaliyev Qashqadaryodagi to‘yda ovqatdan zaharlangan fuqarolarning ahvoli haqida ma’lumot berdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qayd etilishicha, 28-sentabr kuni soat 20:00 dan 29-sentabr kuni soat 19:30 gacha 40 nafar, 29-sentabr soat 20:00dan 30-sentabr soat 13:00gacha yana 28 nafar, 30-sentabr soat 13:00 dan keyin yana 22 nafar, jami 90 nafar fuqaro Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga sog‘lig‘idan shikoyat qilib murojaat qilgan.

Olib borilgan tekshirishlar natijasida ularning ovqatdan zaharlangani aniqlanib, murojaat qilganlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan. Ular joriy yilning 27-sentabr kuni Qarshi shahridagi “Baxtli oila” to‘yxonasida to‘y marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralash iste’mol qilishi tufayli sog‘lig‘ida ana shunday muammolarga duch kelgan.

Shundan so‘ng Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus shtab tashkil etilgan. Ayni paytda Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining malakali mutaxassislari ushbu shtabga jalb etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olindi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida barcha zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.

Respublika bosh davlat sanitar vrachi Saidmurod Saidaliyevning aytishicha, bugun, 2-oktabr soat 12:00 gacha to‘yda ovqatdan zaharlangan, kasalxonada bo‘lib turgan 90 nafar fuqarodan 48 nafariga uyiga javob berilgan. Ayni paytda yana ulardan 42 nafari kasalxonada davolanmoqda. Ularning ham ahvoli qoniqarli, tez orada uyiga javob beriladi.

To‘yda qatnashgan fuqarolarni uylariga borib, patronaj o‘tkazish uchun oilaviy poliklinikalardan 108 nafar va shahar DSENMdan 40 nafar mutaxassis jalb etildi. Natijada to‘yda qatnashganlar orasida kasallik belgilari bo‘lgan fuqarolardan 67 nafari faol aniqlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bemorlarni davolash va ovqatdan zaharlanish holatlari profilaktikasi yuzasidan tadbirlar davom etmoqda.

Tekshirishlar yakuni bo‘yicha ma’lumot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют