» » Chempionlar ligasida “Lokomotiv” o‘yinini eng yaxshi sektorda ko‘rish 35 ming, “Bunyodkor”niki 30 ming turadi

Chempionlar ligasida “Lokomotiv” o‘yinini eng yaxshi sektorda ko‘rish 35 ming, “Bunyodkor”niki 30 ming turadi


Kelayotgan hafta Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Toshkent klublari 2-tur o‘yinlarida maydonga tushadi.

27-fevral kuni “Lokomotiv” o‘z uyida Amirliklarning “Al-Ahli” klubini qabul qilsa, 28-fevral kuni “Al-Ayn” “Bunyodkor” stadionida mehmon bo‘ladi.

Bellashuvlar uchun chiptalar sotuvga chiqib ulgurmadi. “Lokomotiv” vakilining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, chiptalar uch xil toifada bo‘ladi va sektoriga qarab 10, 15 hamda 35 ming so‘mdan sotiladi. Avval xabar qilinganidek, 55 yoshdan katta muxlislar o‘z pasportlarini ko‘rsatganlari holda “Lokomotiv” stadionidan bepul chipta olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumotga ko‘ra, yaqin orada “Lokomotiv” stadioni kassasi terminal bilan ta’minladi va chiptalarni plastik kartochkaga sotib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

“Al-Ahli” klubiga qarshi bellashuv dushanba kuni 16:00 da start oladi. 1-turni Saudiyada o‘tkazgan “temiryo‘lchilar” Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etayotgan va “Al-Ittihod” turnirdan chetlashtirilgani uchungina musobaqaga qo‘shilgan “At-Taavun”ga 0:1 hisobida imkoniyatini boy bergandi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 2-tur
27-fevral, dushanba

“Lokomotiv” — “Al-Ahli” (BAA) — 16:00

“Bunyodkor”ning seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yini chiptalari sotuvga chiqib ulgurmadi. Klub vakilining ma’lum qilishicha, chiptalar kassada ko‘rinish berganida 15 va 30 mingdan sotiladi. Ularni plastik kartochkalarga xarid qilish imkoniyati mavjud.

“Bunyodkor” o‘z uchrashuvini 18:00 ga tayin qilgan. Klub guruh bosqichini Saudiyada “Al-Ahli”dan 2 ta javobsiz gol o‘tkazish bilan boshlagandi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 2-tur
28-fevral, seshanba

“Bunyodkor” — “Al-Ayn” (BAA) — 18:00

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют