» » Samarqandda Nexia yuk mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda Nexia yuk mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi


Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 1-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashagan X.B. o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini “Oqsoy” mahallasidan o‘tuvchi “Samarqand-Qarshi” yo‘lining 34 km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib burilayotgan S.P. boshqaruvidagi Volvo rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют