» » Andijonda 6100 AQSh dollari evaziga DXXga ishga joylamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi 

Andijonda 6100 AQSh dollari evaziga DXXga ishga joylamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi 


Andijon tumanida yashovchi Yu.K. fuqaro A.N. bilan jinoiy til biriktirib, fuqaro A.O.ning o‘g‘li O.O. ni Andijon viloyati IIBga yoki DXX Andijon viloyati boshqarmasiga o‘zlarining mansabdor bo‘lgan tanishlari orqali ishga joylab qo‘yishlarini yolg‘ondan aytib, ularning ishonchiga kirishadi, deya xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: “Bezumno.ru”

“Yog‘li” va’dalar berilib, 2015-yilning mart oyidan 2017-yilning may oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida A.O va uning o‘g‘li O.O.dan 6.100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritiladi.

Yu.K. va A.N. larga nisbatan ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda (firibgarlik) 2-qismi hamda 28, 211-moddalarining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют