» » Hindistonda yo‘lovchi samolyoti restoranga aylantirildi (foto)

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti restoranga aylantirildi (foto)


Hindistonda Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti qayta jihozlanib, Hawai Adda nomli vegetarian restoraniga aylantirildi. Shuningdek, samolyot ichida novvoyxona va kafe joylashgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Yangi muassasa mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Panjob shtatining Ludhiana shahrida ish boshladi. Hawai Adda bir vaqtning o‘zida 72 kishini qabul qila oladi.

Havo kemasi avvalroq yetakchi milliy aviakompaniya Air India’ga tegishli bo‘lgan. Uni qayta jihozlash uchun bir yil sarflandi.

Loyiha restoranlar ichki dizayni bilan shug‘ullanuvchi Gongkongning Hands Hospitality kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Kompaniya tomonidan xabar berilishicha, ular samolyot ichki dizaynining ko‘plab qismlarini saqlab qolishga harakat qildi. Buning uchun firma aviakompaniya muhandislari va texnik mutaxassislari xizmatidan foydalandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют