» » Farg‘ona viloyatida “Armiya va yoshlar” festivali o‘tkazildi (foto)

Farg‘ona viloyatida “Armiya va yoshlar” festivali o‘tkazildi (foto)


Farg‘onada Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda festival o‘tkazildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Toshloq tumani markaziy o‘yingohida tashkillashtirilgan ushbu festivalda 11 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari qatnashdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ham festival doirasida so‘zga chiqib, yoshlarga kelajakdagi o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladi, harbiylarning yurt tinchligi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi.

Festival doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘ namunalari, uzoqlikni aniqlash va mo‘ljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.

Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun okrug harbiy orkestri tantanali konsert dasturini namoyish etgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilar qo‘l jangi elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlarni ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют