» » Skotland-Yardga birinchi marta ayol kishi rahbar etib tayinlandi

Skotland-Yardga birinchi marta ayol kishi rahbar etib tayinlandi


Angliya poytaxti politsiyasining London xizmati (Skotland-Yard) komissari etib Kressida Dik tayinlandi, deb yozadi Meduza. U bo‘linmaning 188 yillik tarixida ushbu lavozimni egallagan ilk ayolga aylandi.

Kressida Dik 56 yoshda. U 30 yildan oshiq vaqt davomida politsiyada xizmat qildi, 2011—2015-yillarda komissar yordamchisi bo‘lib ishladi va Skotland-Yard faoliyatining aksilterrorchilik yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘ldi. So‘nggi ikki yil davomida u tashqi ishlar vazirligida xavfsizlik sohasi bilan bog‘liq yuqori lavozimda ishladi.

Poytaxt politsiyasining London xizmati (Skotland-Yard) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik politsiya bo‘linmasi. Xizmatning majburiyatlariga Katta London (Sitidan tashqari) hududida politsiya funksiyasini bajarish, shuningdek, butun mamlakat hududida terrorizmga qarshi kurash hamda qirollik oilasi va hukumat a’zolarini qo‘riqlash kiradi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют