» » Lebedev studiyasi Toshkent logotipi tanlovida ishtirok etadi

Lebedev studiyasi Toshkent logotipi tanlovida ishtirok etadi


Lebedev studiyasi Toshkent logotipini yaratish bo‘yicha tanlovda qatnashadi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Rossiyalik taniqli dizayner Artemiy Lebedev 2-oktabr, seshanba kuni Toshkent hokimiyati vakillari hamda shahar ma’muriyati huzuridagi jamoatchilik kengashi ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shaharni rejalashtirish, arxitektura va dizayn sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kompaniyaning loyihalar bo‘yicha rahbari Alina Bajenova Artemiy Lebedev studiyasi Rossiya va MDH davlatlarida olib borgan yorqin ishlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Studiya amalga oshirgan ishlar qatorida shaharlar logotiplari, shahar navigatsiyasi, metroda navigatsiyani loyihalash, shahar yo‘lovchi transporti, parklar va ommaviy tadbirlar, kichik arxitektura shakllari va boshqalar o‘rin olgan.

“O‘zbekistonning madaniy-tarixiy maskanlari turistik jozibadorligini oshirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sayyohlik logotiplari va shaharlarni bezashdagi Lebedev studiyasining ulkan tajribasiga asosiy qiziqish bildirilmoqda. Ehtimoliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlardan biri shahar yo‘lovchi transportini loyihalash hisoblanadi”, — deya qayd etdi hokimlik matbuot xizmati.

Lebedev studiyasi Toshkent logotipini yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish, shuningdek, jamoat kengashi va hokimiyat tomonidan tilga olingan ustuvor mavzular bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Artemiy Lebedev O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida poytaxt ishbilarmonlari bilan uchrashish va Xivaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют