» » Sirdaryo va Jizzaxda baliqchilikka ixtisoslashgan 3 ta yirik zavod ishga tushiriladi

Sirdaryo va Jizzaxda baliqchilikka ixtisoslashgan 3 ta yirik zavod ishga tushiriladi


Saudiya Arabistonining Al Hidaya Global Company LID kompaniyasi ishbilarmonlari Sirdaryo viloyatida bo‘lib, baliq yetishtirish, mahsulotni eksport qilish istiqbollari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jahondagi yirik baliqchilik komplekslaridan biri bo‘lgan mazkur kompaniya baliq tuxumi, chavog‘i, sifatli baliq yetishtirish va uni eksportga yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi.

Viloyat hokimligida Solih Salim Baxvani boshchiligida ushbu mamlakatdan kelgan ishbilarmonlarning O‘zbekistondagi soha vakillari, tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik kelishuviga ko‘ra, yaqin istiqbolda investorlar tomonidan 300 million dollarlik sarmoya kiritilishi hisobiga Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida baliqchilikka ixtisoslashgan 3 ta yirik zavod ishga tushiriladi.

Qizil baliqni ko‘paytirish va sotishga yo‘naltirilgan baliqchilik klasteri tashkil etilib, mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют