YChL. “Yuventus”dan g‘alaba, Dibaladan xet-trik, “Manchester Siti” so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alaba qozondi (video)
Bugun, 2-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur bahslari boshlandi. Tur doirasida 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi.
Jumladan, “H” guruhidan o‘rin olgan “Yuventus” Turinda Shveysariyaning “Yang Boyz” jamoasini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchala gol ham turinliklarning argentinalik futbolchisi Paulo Dibalaga hisobiga yozildi. Shu tariqa Dibala Krishtianu Ronaldu qatnashmagan bahsda xet-trikni tantana qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Valensiya”ni qabul qiladi.
“F” guruhidan o‘rin olgan Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” Germaniyaga safar qildi. “Hoffenhaym” “Siti” bilan o‘yinning 1-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Gol muallifi Belfodil bo‘ldi. 8-daqiqada Leroy Sanening uzatmasidan so‘ng Serxio Aguero hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasida esa David Silva “Man Siti”ga g‘alabaga keltirgan golga mualliflik qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Lion” o‘z uyida “Shaxtyor”ni qabul qiladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
2-tur bellashuvlari
2-oktabr, seshanba
“H” guruhi
Gollar: 1:0 – 5 Dibala, 2:0 – 33 Dibala, 3:0 – 69 Dibala.
Ogohlantirishlar: Bertone (24), Sanogo (41), Kamara (75).
Chetlatish: Kamara (78).
“F” guruhi
Gollar: 1:0 – 1 Belfodil, 1:1 – 7 Aguero, 1:2 – 87 Silva.
Ogohlantirishlar: Otamendi (12), Fernandinyo (36), Demirbay (57), Uoker (66).
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
