» » Pepsi Superliga. Bugun “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor” bilan jang qiladi, “Paxtakor” esa “Metallurg” maydoniga safar qiladi

Pepsi Superliga. Bugun “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor” bilan jang qiladi, “Paxtakor” esa “Metallurg” maydoniga safar qiladi


Bugun, 3-oktabr sanasida Pepsi Superligada 25-tur bahslari davom ettiriladi.

Jumladan, Superligada qolish uchun kurashayotgan “Qo‘qon-1912” hamda AGMK jamoalari Qo‘qonda hisob-kitob qilishadi. Ular o‘rtasidagi bahs 18:00 da boshlanishi belgilangan.

Chempionlik uchun kuchli oltilikda kurash olib borayotgan “Metallurg” esa o‘z uyida “Paxtakor”ga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib ko‘radi. Mazkur bahs ham 18:00 da boshlanadi.

Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda kechadi. Unda chempionlik uchun kurashayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” Ilhom Mo‘minjonov boshliq “Navbahor”ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Pepsi Superliga. “Lokomotiv” va “Nasaf”dan g‘alaba, “So‘g‘diyona” esa “Neftchi”ga javobsiz 3 ta gol urdi?

Pepsi Superliga

25-tur bellashuvlari

3-oktabr, chorshanba

“Qo‘qon-1912” – AGMK 18:00

“Metallurg” – “Paxtakor” 18:00 

“Bunyodkor” – “Navbahor” 20:00 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 00:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют