» » O‘zbekistonda 2017—2021-yillarda 5,7 mingta yangi mikroavtobus xarid qilinadi

O‘zbekistonda 2017—2021-yillarda 5,7 mingta yangi mikroavtobus xarid qilinadi


O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘lim boshlig‘i Galina Magay mamlakatda transport sohasidagi islohotlarning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri va yo‘lovchilar uchun yaratiladigan qulayliklar xususida O‘zA muxbiri bilan muloqotda bo‘ldi.

— Keyingi yillarda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida qulay yo‘nalishlar tashkil etilmoqda, yangi avtovokzal va avtostansiyalar barpo etilib, mavjudlari qayta ta’mirlanmoqda. So‘nggi uch yilda qariyb 3 mingga yaqin avtobus va 12 ming umumiy yengil avtomobil xarid qilindi va yo‘nalishlarga chiqarildi. 

Davlat rahbarining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida shahar va qishloqlarni transport bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda avtotransport xizmatlari sohasini faollashtirish ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjat transport parkini zamonaviy, qulay va xavfsiz avtobuslar bilan yangilash orqali aholining avtobus xizmatiga ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan. 

— Belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda? 

— Rejaga ko‘ra, kelgusi besh yilda 300 dan ortiq yo‘lovchi yo‘nalishi ochiladi, ularning 240 tasi shahar atrofida va shaharlararo qatnaydigan yo‘nalishlardir. 2021-yil oxirida avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 11,8 foizga ortib, 2 ming yo‘nalishni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Ularning 1600 tasi shahar atrofiga xizmat qiladigan va shaharlararo qatnaydigan marshrutlardir. 2017-2021 yillarda lizing kompaniyalari orqali imtiyozli bank kreditlari asosida 8,6 mingta yo‘lovchi transporti, jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalaniladigan yangi mikroavtobus xarid qilinadi. 

Avtobus parklarini modernizatsiya qilish va yangilash loyihalarini moliyalashtirishga oid mablag‘lardan oqilona foydalanish maqsadida 2017-2020 yillarda “O‘zavtosanoat-lizing” mas’uliyati cheklangan jamiyatining boshlang‘ich kapitalini oshirish rejalashtirilgan. 

Lizing kompaniyalari hamda avtomobillarda yo‘lovchi tashuvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni 2022-yilning 1-yanvariga qadar qator majburiy to‘lovlardan ozod etish taklif qilinmoqda. Xususan, qishloq joylarida avtobus va mikroavtobusda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar besh yil mobaynida yo‘lovchi tashuvchilar uchun belgilangan yagona soliq to‘lovidan ozod etiladi. 

—Yo‘lovchi tashish sifati transport infratuzilmasining nechog‘li rivojlanganiga ham bog‘liq. Bu borada qanday ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan? 

— Tasdiqlangan dasturda avtovokzal va avtostansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan. 37 yangi avtostansiya barpo etish va 37 mavjud avtostansiyani rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bu aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi zimmasiga yo‘lovchi tashuvchilar ishini muvofiqlashtirish, sifatli va xavfsiz tashishni ta’minlash uchun qulay sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadigan, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobil yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatish huquqini beradigan namunali shartnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash yuklatilgan. 

Ayni paytda agentlik tomonidan yo‘nalishlarni monitoring qilish bo‘yicha yangi markazlashgan tizim ishlab chiqilmoqda. Umumiy foydalanishdagi har bir avtobus va mikroavtobusga GPS -navigator o‘rnatiladi. Bu qurilmalar harakatlanayotgan transport vositasi harakatining vaqti, tezligi va yo‘nalishiga oid ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayd etadi.

Avtomobillarda yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya hamda yo‘lovchi avtomobil yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma talablari qay darajada bajarilayotganini tizimli nazorat qilish imkonini beradi. Yo‘l haqi to‘lovini naqd pulsiz amalga oshirish tizimi ham bosqichma-bosqich joriy etiladi. Buning uchun maxsus yo‘l kartochkalari xarid qilish kifoya. 

Ishlab chiqiladigan yangi yo‘nalishlar uchun so‘nggi bekatlar barpo etish ko‘zda tutilgan, hozir ularning namunaviy loyihalari ishlab chiqilmoqda. Ushbu bekatlar yengil konstruksiyalar va arzon materiallardan barcha qurilish standartlariga rioya etilgan holda quriladi. Shuningdek, barcha viloyatlarda yo‘nalishning ish tartibi, transport harakati yo‘nalishlari, uning bekatga yetib kelish vaqti ko‘rsatilgan elektron axborot taxtalari o‘rnatiladi.

 

Опубликовано: admin (23-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют