» » Gavhar Zokirova oilaviy ajrimlarning sababini ta’kidlab o‘tdi

Gavhar Zokirova oilaviy ajrimlarning sababini ta’kidlab o‘tdi


Jurnalist Mirolim Isajonov O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gavhar Zokirova bilan bog‘lanib, aktrisadan yosh oilalarning erta darz ketishi masalasi yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalarini oldi.

— Bu borada har doim bir xil javobni beraman: bugun oila qurayotgan yoshlarga sabr yetishmayapti. Ular turmushni bayramdan iborat, deb o‘ylashadi. Vaholanki, oila, hayot bu – har kungi tinimsiz mehnat degani. Bir spektakldagi qahramonim, ya’ni kampir Yaratganga iltijo qilib, “Xudo, bilaman hamma senga murojaat qiladi va hamma sendan nimadir so‘raydi. Men sendan faqat bitta narsa so‘ramoqchiman. Menga yaqinlarimni yaxshi ko‘rishimga kuch-quvvat va sabr-toqat ato etgin. Chunki muhabbat lazzat emas, og‘ir mehnat, deb o‘rgatgansan. Shuning uchun ham yaqinlarimning bir-birlarini yaxshi ko‘rishiga kuch-quvvat va sabr-bardosh tuhfa etgin”, degan fikrlarni ko‘zlarida yosh bilan takror-takror aytadi. Men ham yoshlarimizga sabr, metindek iroda va matonat tilayman. Sababi yosh kelin yoki er hozir faqat “men” deb yashasa, yaqin insonini tushunishga harakat qilmasa, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lsa, buni umuman hayot, deb bo‘lmaydi. Yonida yurgan insonining yaxshi jihatlarini ilg‘ashga intilishi va uni maqtab, ulug‘lashi kerak. Yoshlar bir-biriga qarashi shart emas. Aksincha, ular birgalikda bir tomonga qarab, yashashsa, ana o‘sha asl muhabbat va baxtli hayot deganidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют