» » Shavkat Mirziyoyev Rossiya iqtisodiyot universiteti rektorini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya iqtisodiyot universiteti rektorini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi


Joriy yilning 19—21-fevral kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining 110 yillik yubileyida ishtirok etdi, deb yozadi “Telegraf.uz”.

Yubiley tadbiri universitet rektorat binosining katta anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi va unda universitet ilmiy kengashi a’zolari, taklif etilgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda O‘zbekiston tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov, O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi muxtor elchisi B.Ashrafxonov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Q.Abdurahmonov ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston-Rossiyaning ta’lim sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari aloqalarini kengaytirishdagi hamda respublikamizning iqtisodiy va moliya sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi ulkan hissasi, shuningdek, universitet tashkil topganining 110 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “V.I.Grishinni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash haqida”gi PF-4959-sonli farmoni va tabrigi o‘qib eshittirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori V.I.Grishinga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nomidan “Do‘stlik” ordeni va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi muxtor elchisi B.Ashrafxonov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Q.Abdurahmonov V.I.Grishinni tabriklab so‘zga chiqdi.

Tadbir davomida universitet rektori V.I.Grishin ushbu yuksak mukofotni nafaqat o‘ziga, balki barcha universitet jamoasi a’zolariga topshirilgan mukofot sifatida qabul qilishini ta’kidlab, O‘zbekiston Hukumati tomonidan bildirilgan ushbu e’tibor va hurmat uchun chuqur minnatdorlik bildirdi hamda kelgusida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida samarali xizmat qilishini qayd etdi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют