» » Nyu-York politsiya rahbari Trump Tower’ni qo‘riqlash uchun sarflangan 26 million dollarni budjetdan qoplab berishni so‘radi

Nyu-York politsiya rahbari Trump Tower’ni qo‘riqlash uchun sarflangan 26 million dollarni budjetdan qoplab berishni so‘radi


Nyu-York politsiya boshqarmasi rahbari Jeyms O’Nil AQSh federal budjetidan 25,7 million dollar to‘lab berilishini so‘rab Kongressga murojaat qildi. Ushbu mablag‘ megapolis hukumati tomonidan prezident Donald Trampga tegishli osmono‘par binoni qo‘riqlash uchun sarflangan. O’Nilning qonun chiqaruvchilarga yo‘llagan maktubi 22-fevral, chorshanba kuni chop etildi, deb yozadi “TASS”.

Politsiya shefi Amerikaning Nyu-York shtati vakillari hisoblangan senator va kongressmenlarga murojaat qildi. U 2016-yilning noyabridagi prezidentlik saylovlarida respublikachilardan nomzod g‘alaba qozonishi bilan huquqni muhofaza qilish organlari Trump Tower’ni kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlay boshlaganligini eslatib o‘tdi. Osmono‘par bino Manxettenda joylashgan.

Ushbu baland bino Tramp biznes-imperiyasining shtab-kvartirasi hisoblanadi. Siyosatchi inauguratsiyaga qadar unda istiqomat qilgan, uning oila a’zolaridan ba’zilari hamon aksariyat vaqtini osmono‘par binoda o‘tkazadi.

Shahar rasmiylarining hisob-kitobiga ko‘ra, politsiya va o‘t o‘chirish xizmati binoni qo‘riqlash uchun allaqachon 25,7 million dollar sarflagan. O’Nilning ta’kidlashicha, bundan keyin Nyu-York o‘t o‘chiruvchilari ushbu maqsad uchun yiliga 4,5 million dollar, politsiyachilar esa har kuni 127 mingdan 146 ming dollargacha sarflaydi. Xarajatlar Donald Tramp Nyu-Yorkka tashrif buyurgan kunlarda yanada oshadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют