» » Xorazmda yaroqsiz qoramol go‘shtini sotishga uringan qassob ushlandi

Xorazmda yaroqsiz qoramol go‘shtini sotishga uringan qassob ushlandi


“Hazorasp dehqon bozori” MChJ hududida qassoblik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan D.Q. o‘zi sanitariya tibbiy ko‘rigidan o‘tmasdan, sotadigan go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari asosida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazmasdan 35,7 kg sifatsiz qoramol go‘shtini xaridor E.A.ga jami 870.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.

Shuningdek, qassobning yonida bo‘lgan, iste’molga yaroqsiz, ammo sotishga mo‘ljallangan 11 kg qoramol go‘shti va 8 kg 340 gramm qoramol son suyagi daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Tezkor tadbirlar davomida Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi xodimlari tomonidan sifatsiz va iste’molga yaroqsiz go‘sht sotayotgan shaxs ushlangach, Hazorasp tuman veterinariya bo‘limiga go‘shtdan laboratoriya tekshiruvi uchun namuna olinishi yuzasidan topshiriqlar berilgan. Qoramol go‘shti o‘lchab ko‘rilib, uning biror joyida veterinariya laboratoriyasidan ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida tamg‘a yo‘qligi aniqlangach, laboratoriya tekshiruvi uchun namuna olingan.

Hazorasp tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida noqonuniy sotuv jarayonida olingan jami 47 kg 250 gramm go‘sht va 8 kg 340 gramm suyaklarning sifat darajasi, iste’molga yaroqli-yaroqsizligi, mahsulotning organaleptik xususiyatlari, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob berish-bermasligi yuzasidan tekshiruvlar olib borilgan.

Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu mahsulotning rangi, hidi o‘ziga xos emasligi, rangi qoramtir tusga kirganligi va hidlanganligi, ko‘karib ketganligi sababli ushbu mahsulot iste’molga yaroqsiz.

Sudlanuvchi D.Q.ga JKning 186-moddasi 1-qismi bilan 120 (bir yuz yigirma) soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют