» » Gulnora Karimova xususiy samolyotda Dubayga uchib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura bu xabarlarni rad edi

Gulnora Karimova xususiy samolyotda Dubayga uchib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura bu xabarlarni rad edi


Ayrim OAVlarda Gulnora Karimovaning O‘zbekiston qamog‘idan ozod etilib, Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Aytilishicha, Gulnora Karimova xususiy samolyotda 2-oktabr mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Dubayga kelib qo‘ngan va shundan so‘ng BAAdagi eng qimmat mehmonxonalardan birida o‘rnashgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova “Kun.uz”ga Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tayotganini ma’lum qildi.

“Sizga yana bir bor rasman bayonot beraman: Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamoqda”, — dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28-sentabr kuni Toshkentdan Londonga uchib ketgani xabar qilingandi. Imon Londonga o‘qish uchun ketganini aytgan.

Keyinchalik u Instagram’dagi sahifasida hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamasligi haqida bildirdi.

“Biz faqat o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamaymiz. Shu yillar mobaynida boshimizdan o‘tgan barcha dahshatli voqealar ortda qolgan bo‘lsin”, — deya yozgan Imon Karimova.

Imon Londonga uchib ketganidan so‘ng Instagram’da “onam uyda” deb yozgandi. Bosh prokuratura esa o‘z navbatida Gulnora Karimova qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etayotgani haqida ma’lum qildi.

2015-yilda 21-avgustida Gulnora Karimovaga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют