» » Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


Vrachlar malakasini oshirish instituti majlislar zalida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatbek Irgashev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining mutasaddi rahbarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, tumanda faoliyat yuritayotgan bank tizimi mutasaddilari va ta’lim sohasi vakillari, mahalla raislari ishtirok etdi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda olib borilgan ushbu yig‘ilishda barcha boshqarmalar tomonidan 2018—2019-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishdagi kamchiliklar, xususan tumandagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida so‘z yuritildi.

“Xalqimizda “qish g‘amini yozda o‘yla” degan naql bor. Shundan kelib chiqqan holda, uy-joy fondi, kommunal xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha ob’ektlarini navbatdagi isitish mavsumiga tayyorlash, kuz-qish mavsumida barqaror ishlashni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududlarning sanitariya-tozalik holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada jadallashtirish haqida ham vazifalar yuklatildi. Bu borada ayniqsa joylardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining qishga tayyorgarlik borasidagi ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda har bir tashkilotlarga o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar alohida ta’kidlab o‘tildi va amalga oshirilishi kerak chora-tadbirlar eslatildi. Avvalambor belgilangan ishlarning sifatli bajarilishiga, bevosita ijrochilarning va tegishli korxona va tashkilot rahbarlarining ma’suliyatini oshirishga katta ahamiyat berish lozim. Hademay, qish mavsumini qarshi olamiz. Uy-joy fondi, kommunal va ijtimoiy soha obyektlarida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanchalik muhim ekanligini inobatga olib, barchamiz bu masalada ma’suliyatimizni to‘liq his etgan holda o‘zimizga yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarishimiz zarur.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi tumanimizdagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda tumanimiz aholisidan o‘zlari yashaydigan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarida faol ishtirok etishga chaqirib qoladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют