» » Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy ko‘chasida uylar nega buzilmoqda?

Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy ko‘chasida uylar nega buzilmoqda?


Bir necha kundan buyon Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy ko‘chasidagi bir qator uylar buzilmoqda. Bu ko‘chada qanday yangilik, o‘zgarishlar bo‘ladi, buzilgan uylar o‘rnida nima quriladi? “Zarnews.uz” shu savollar bilan Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Bobir Elmurodovga murojaat qildi.

“Bo‘stonsaroy ko‘chasida ayni vaqtda 30 ta uy buzilmoqda, — deydi Bobir Elmurodov. — Yana bir necha binolar buzilishi rejalashtirilmoqda. Sababi, ko‘cha kengaytiriladi. Avtomobil yo‘li sakkiz qatorli bo‘ladi. Piyodalar yo‘lagi, ariq va yashil maydonlar bilan jami ko‘cha eni 43 metrga yetadi. Uy egalari bilan tegishli shartnoma tuzilgan bo‘lib, ularga uyning hajmiga qarab 10 ming AQSh dollaridan 60 ming dollargacha mablag‘ to‘lab berilgan. Xonadon sohiblari ayni vaqtda uylardagi qurilish mollarini olib ketmoqda.

Hozirda Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasi hamda Bo‘stonsaroy ko‘chasidagi Siyob arig‘i ustida yo‘l o‘tkazgich qurish ishlariga ham kirishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют