» » O‘zbekiston bozorlarida go‘sht narxi qanchani tashkil etmoqda?

O‘zbekiston bozorlarida go‘sht narxi qanchani tashkil etmoqda?


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlarning o‘tgan haftadagi narxlarini e’lon qildi, deb yozadi O‘zA.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018-yil 30-sentabr holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha

O‘zbekiston bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 28 ming so‘mdan 41 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar bir oydan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilayotgan edi. Bu haftada ham mazkur bozordagi 1 kilogramm mol go‘shtining narxi respublikadagi boshqa bozorlardan arzon bo‘lsa-da, biroq 2 ming so‘mga qimmatlashganini ko‘rish mumkin. Oy mobaynida 26 000 so‘mdan sotilgan 1 kilogramm mol go‘shti o‘tgan haftada 28 000 so‘mga chiqdi.

Respublikada 1 kilogramm mol go‘shti 30 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bir necha haftadan buyon qimmat narx saqlanib kelmoqda – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 40 000 so‘mdan 43 000 so‘m.

Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qo‘yliq”, “Mirobod”, “Chorsu”, “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kilogramm qo‘y go‘shti narxi 28 000 – 39 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

Kuzatishlar bozorlarda tovuq go‘shtining biroz qimmatlashganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda mazkur bozordagi ushbu mahsulotning narxi 13 000 – 16 000 so‘m.

Eng qimmat narx bu haftada ham Farg‘ona markaziy dehqon bozorida – 17 000 – 20 000 so‘m. Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm tovuq go‘shti o‘rtacha 16 000 so‘mdan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Guruch

4 200 so‘mdan 13 000 so‘mgacha

Respublika bozorlarida guruchni o‘rtacha narxda 5 000-10 000 so‘mgacha uchratish mumkin. Biroq, bir necha haftadan buyon Farg‘ona markaziy dehqon bozorida guruch narxi qimmatligicha qolmoqda. Masalan, o‘tgan oyning boshida ushbu bozorda 1 kilogramm guruch 5 500-12 500 so‘mdan, oy o‘rtasida 5 000 – 15 000 so‘m, o‘tgan haftada esa 5 000 – 13 000 so‘mdan sotilmoqda.

Eng arzon narx Farhod dehqon bozorida – 4 000 – 10 500 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha

Mamlakat bozorlarida 1 kilogramm o‘simlik yog‘i 8 000-12 000 so‘mdan sotilmoqda.

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 000-10 500 so‘m.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 000-12 000 so‘m.

Un

1 500 so‘mdan 4 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm 1-navli un 1 500 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob” bozorida – 4500 – 4000 so‘m.

Shakar

4 100 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 5 000-5 500 so‘m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida – 4 100 – 4 750 so‘m.

Tuxum

300 so‘mdan 600 so‘mgacha

Respublikaning aksariyat bozorlarida 1 dona tovuq tuxumi o‘rtacha 400-500 so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng arzon, ham eng qimmat narxini Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da uchratish mumkin – 300-600 so‘m.

Kartoshka

1 300 so‘mdan 2 500 so‘mgacha

Kartoshka mamlakat bozorlarida o‘rtacha 1500 – 2000 so‘mdan sotilmoqda.

Kuzatishlarda Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da ushbu mahsulot 1300 so‘mdan 2500 so‘mgacha sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Pomidor

2 500 so‘mdan 9 000 so‘mgacha

Oldingi haftada kuzatilgani kabi bu haftada ham mamlakat bozorlarida ayni mavsum bo‘lishiga qaramay pomidor narxi qimmatligicha saqlanib qolmoqda. O‘rtacha ushbu mahsulot 3000-5000 so‘mda sotilmoqda.

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2500 – 4000 so‘m.

Eng qimmat narx Yunusobod dehqon bozorida – 3000 – 9000 so‘m.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют