» » Master klass. “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2 ta o‘zgarish bilan “Portu”ni taslim qila oldi

Master klass. “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2 ta o‘zgarish bilan “Portu”ni taslim qila oldi


Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan Turinning “Yuventus” klubi nimchorak finalda ham shu yurishini davom ettirdi va Portugaliyada “Portu” ustidan zafar quchdi.

Biz 5 daqiqagina bosim ostida harakatlandik. Qolganida esa o‘yinni to‘liq nazorat qildik.

Sabrli bo‘ldik. Raqib himoyasini yorib o‘tishni kutib o‘ynadik va mana endi ortga muhim g‘alaba bilan qaytmoqdamiz. Hisob 3:0 bo‘lishi ham mumkin edi, biroq 2:0 ham bizni qoniqtiradi.

Bugun biz yorqin o‘yin namoyish eta oldik, jamoa ajoyib formada. Shu boisdan ham “Portu”ga oson bo‘ldi deb atay olmayman.

Men mavsum davomida jamoa taktikasini o‘zgartirib bordim, chunki bizga yangi g‘oyalar kerak edi. Endi unga ko‘nikib, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirib olishimiz kerak. Ishonamanki, jamoa yanada ko‘prog‘iga qodir.

Massimiliano Allegri, “Yuventus” bosh murabbiyi

“Yuventus” Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Sevilya”, “Lion” hamda Zagrebning “Dinamo” klublariga qarshi kurash olib bordi. O‘yinlarning 2 tasida durang o‘ynadi va 4 tasida zafar quchib, guruhni yetakchi sifatida yakunladi. Qiziq tomoni, har ikki durang Turinda — Fransiya va Ispaniya klublariga qarshi o‘yinlarda qayd etildi.

“Portu”ga qarshi o‘yinni esa murabbiyning g‘alabasi deyish o‘rinli. U ikkinchi bo‘limda ikkita o‘zgarishga qo‘l urib, o‘yin taqdirini hal qila oldi. 67-daqiqada mutaxassis maydonga Marko Pyatsani tushirdi. Futbolchi 5 daqiqa ichida hisobni ochdi.

72-daqiqaga kelib Allegri zaxiradan Daniel Alvesni o‘yinga qo‘shdi. Alves esa birinchi zarbasidayoq “Portu” darvozasiga ikkinchi golni urdi.

Hozirdanoq qo‘lni tushirish va taslim bo‘lish yaramaydi. Bizga javob o‘yinida qiyin bo‘ladi, biroq uddalab bo‘lmaydigan ish qilganimizcha yo‘q.

Muxlislarga qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat aytaman. Bir kishi kam qolganimizda ham ular oldinga boshlab turishdi.

Chetlashtirish vaziyatida hakam boshqacharoq qaror qabul qilishi ham mumkin edi. Biroq bunday qarorlar bizning o‘sishimiz uchun yordam beradi. 10 kishi o‘ynash har doim og‘ir.

“Yuventus”ning zaxiradigan tushgan futbolchilari gol urganiga kelsak, buni shunchaki tasodif deb hisoblayman.

Nunu Eshpiritu Santu, “Portu” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Yuventus” Massimiliano Allegri boshqaruvida 2015-yilgi mavsum Chempionlar ligasining finaliga qadar yetib kelgan va hal qiluvchi o‘yinda “Barselona”ga imkoniyatni boy bergandi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют