» » Toshkent viloyatida 187,7 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida 187,7 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi


Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni aniqlash yuzasidan viloyat hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 187,7 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, Toshkent tumanidagi Uchqahramon savdo majmuasi hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 11A/B-sonli do‘konda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqaro T. Xolmo‘minov (ismi, sharifi o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, hech qanday hujjatlari mavjud bo‘lmagan 11 turdagi umumiy qiymati 54,4 million so‘mlik 951 dona erkaklar kiyimi va poyabzalini noqonuniy ravishda sotayotganligi aniqlandi va unga nisbatan tegishli chora qo‘llanildi.

Soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand ko‘chasi 1-uyda joylashgan savdo do‘konida fuqaro N.Ahmadjonova (ismi, sharifi o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu fuqarodan noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgan umumiy qiymati 23,8 million so‘mlik oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Shuningdek, Zangiota tumani Xonobod QFY, Toshkent mahallasida joylashgan xonadonda fuqaro B.Karimov (ismi, sharifi o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy ravishda tikuv sexini tashkil etib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Bu fuqarodan ham umumiy qiymati 77,2 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Ushbu manzilda fuqaro D.Murodov (ismi, sharifi o‘zgartirilgan) ham belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy ravishda tikuv sexini tashkil qilgan. Shu bois undan umumiy qiymati 16,8 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют