» » Shavkat Mirziyoyev elektr energetika sohasini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev elektr energetika sohasini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-oktabr kuni elektr energetikasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil qilish, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda 2030-yilga borib qo‘shimcha talab etiladigan 12,5 ming megavatt quvvatlarni yaratish chorasini ko‘rish, jumladan, bug‘-gaz qurilmalari, atom elektr stansiyasi, gidroelektrstansiya qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalaridagi energobloklarni yangilash, shuningdek davlat-xususiy sherikchilikni elektr energiyasi tizimiga joriy qilish orqali zarur bo‘ladigan quvvatlarni qoplash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek 3,9 ming megavattli bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalarini hamda Angren shahrida va Surxondaryo viloyatida ko‘mirda ishlovchi issiqlik elektr stansiyalari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish choralarini ko‘rish bo‘yicha Investitsiya qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” jamiyatiga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda elektr energiyasi ishlab chiqarish yangi obyektlarini qurishni jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Shuning uchun, kelgusi yildan elektr energiyasi sotishdan tushadigan mablag‘larning 15 foizini investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kreditlarni qaytarish uchun yo‘naltirish lozimligi ta’kidlandi.

Energiya ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlarni yaratish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish “O‘zbekenergo” jamiyatining asosiy vazifasi bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Elektr energetika sohasi faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют