» » Ekotizimlar bilimdoni va musiqachi: Yaponiya imperatorining vorisi haqida nimalarni bilamiz?

Ekotizimlar bilimdoni va musiqachi: Yaponiya imperatorining vorisi haqida nimalarni bilamiz?


1960-yil 23-fevral kuni Tokioda mahalliy vaqt bilan 16:15 da o‘sha vaqtdagi imperator taxti vorisi, hozirda esa Yaponiya imperatori Akixitoning birinchi farzandi — Naruxito dunyoga keldi. Bugungi kunda shahzoda Yaponiya jamoatchiligi tomonidan birinchi navbatda bo‘lajak imperator sifatida qabul qilinmoqda — o‘tgan yili uning otasi iste’fo berish istagini ma’lum qilgan edi. Naruxitoning 52 yoshga to‘lishi arafasida “TASS” uning tarjimai holi va qiziqishlari borasidagi ba’zi tafsilotlarni keltirib o‘tdi.

Imperatorning xotini Mitiko valiahd shahzoda Naruxitoni Tokio Imperator saroyi hududiga vaqtinchalik qurilgan gospitalda dunyoga keltirdi, imoratning katta qismi Ikkinchi jahon urushi chog‘ida ittifoqdoshlar kuchlari tomonidan uyushtiirlgan bombardimonlarda vayron bo‘lgan edi.

Bolaligidan shahzoda musiqa, tennis, qoyaga chiqish, ot minish va beysbol bilan qiziqqan. U 14 yoshga to‘lganida Akixito Yaponiya imperator uyi tarixidagi mislsiz qadamni qo‘yishga qaror qildi: Naruxitoni Avstraliyaga biznesmen Kolin Xarperning uyida yashash uchun bir yilga yubordi.

Shahzoda Yaponiyaning 1847-yilda asos solingan Gakusyuin universitetida jami 18 yil davomida o‘qib, boshlang‘ich sinfdan tarix bo‘yicha bakalavr darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi, o‘rta asrlar Yaponiyasidagi suv transporti bo‘yicha diplomni himoya qildi.

1983—1986-yillarda Naruxito Oksford universiteti qoshidagi Merton kollejida ham suv transporti tarixini o‘rgandi, 1988-yilda esa Gakusyuin universitetida tarix bo‘yicha magistr diplomini himoya qildi. U Angliyadagi hayoti haqida “Temza va men: Oksforddagi ikki yillik umrim” nomli kitob yozdi.

Naruxito suv ekotizimlari muammolariga alohida e’tibor qaratadi va bu mavzuda tez-tez ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qiladi. U, shuningdek, xayriya bilan shug‘ullanadi va bir nechta faxriy mansablarni egallab keladi.

1993-yilda valiahd shahzoda sobiq diplomat va BMT Xalqaro sudi rahbarining qizi Masako Ovadaga uylandi, 2001-yilda qiz farzandli bo‘ldi.

1990-yillardan Naruxito xorijga rasmiy tashriflar chog‘ida o‘z mamlakatiga vakillik qila boshladi. Akixito imperatorlikdan ketish haqidagi yakuniy qarorini e’lon qilgach, Naruxito Yaponiyaning 126-imperatoriga aylanadi. Undan keyin taxtni ukasi Fumixito egallaydi, undan esa taxt o‘g‘li Xisaxitoga meros bo‘lib qoladi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют