» » Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan namoyishga 20 mingdan ortiq kishi chiqdi

Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan namoyishga 20 mingdan ortiq kishi chiqdi


Germaniyaning Myunxen shahrida Bavariyaning siyosiy kursi o‘ngga “burilishiga” qarshi ommaviy namoyishda 20 mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Namoyish “Vaqt keldi! — birgalikda qo‘rquv siyosatiga qarshi” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Politsiyaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq va shamolli ob-havoga qaramasdan, namoyishda qariyb 21 ming kishi ishtirok etmoqda. Namoyishchilar Xristian-sotsial partiyasi yetakchisi Xorst Zeexofer va Bavariya federal yeri bosh vaziri Markus Zyoderni tanqid qiluvchi yozuvlarni olib yuribdi.

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar shu tariqa politsiya huquqlari kengayishiga, Bavariya siyosatining hech qanday shaklda o‘ngga “burilishiga” yo‘l qo‘ymasligi haqida xabar yuborishni xohlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют