» » Farg‘onadagi Latviya Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialiga 125 nafar talaba qabul qilinadi

Farg‘onadagi Latviya Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialiga 125 nafar talaba qabul qilinadi


Farg‘onadagi Latviya Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialiga joriy o‘quv yilida 125 nafar talaba qabul qilinadi. Filialda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar 7-oktabrga qadar elektron tarzda hujjat topshirishi mumkin. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Filialda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha asosan ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Filialda talabalar turizmda tadbirkorlik faoliyati va uni boshqarish, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, restoran xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Prezidentning 2018-yil 26-sentabrdagi qarori bilan Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan filialda oltita yo‘nalishda bakalavr va ikkita mutaxassislikda magistrlar tayyorlanadi.

Latviya axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish, kutubxona fondini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan shakllantirish va to‘ldirishga ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют