» » OAV: Komil Allamjonovning nega ishdan olingani ma’lum bo‘ldi

OAV: Komil Allamjonovning nega ishdan olingani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov 3-oktabr kuni har ikki lavozimidan ozod etildi. U davlat xizmati davomida sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishini so‘rab, murojaat qilgan. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Komil Allamjonov Prezidentning 27-avgustdagi farmoni bilan Prezident administratsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Allamjonov O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi va Prezident ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida 2017-yilning dekabridan beri ishlab kelayotgan edi.

34 yoshli Komiljon Allamjonov O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti (2006-0yil) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi. 2005–2013-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatiga rahbarlik qilgan, 2009–2013-yillarda qo‘mita matbuot kotibi ham bo‘lgan. U Avtotest avtomaktabi, “Soliq-info” gazetasi, buxgalterlik faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha “BEM” dasturi va boshqa loyihalar asoschisi hisoblanadi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqda xabar bergan edik



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют