» » O‘zbekistonda maxsus chiqindi qutilari o‘rnatiladi

O‘zbekistonda maxsus chiqindi qutilari o‘rnatiladi


Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Qarorga muvofiq, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan (shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari va boshqa) ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus chiqindi qutilari o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan vaqtinchalik savdo do‘konlari, shu jumladan, ko‘chma shoxobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish palatkalari, do‘konchalariga) tutash hududlarda – 5 metr radiusgacha ko‘tarish mexanizmli yoki ularni bo‘shatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega bo‘lgan ko‘chma chiqindi qutilarining o‘rnatilishi belgilangan.

Faoliyat yuritayotgan chiqindi to‘plash shoxobchalarini buzish ishlari ularning o‘rniga yangilari qurilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, chiqindi to‘plash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo‘lmagan va 100 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.

Hududlarning daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qarorga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash va olib chiqib ketish uchun to‘rt turdagi konteynerlar o‘rnatiladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют