» » O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish darajasi qanday?

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish darajasi qanday?


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, bu boradagi ishlarni davom ettirish masalalarini muhokama qildi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Helena Freyzerning fikricha, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, jamoatchilik nazorati kuchaygan. Bu jarayonda oddiy aholi vakillarining ishtiroki ham faollashdi. Ochiqlik, shaffoflik ko‘plab sohalarda yaqqol sezilayapti. Davlat xizmatlari ko‘rsatish yaxshilandi. Bularning barchasi korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Botir Matmurodov korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur huquqiy asoslar yaratilganini ta’kidladi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston 2008-yili BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasini ratifikatsiya qilgan, 2010-yili O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakat dasturiga qo‘shilgan.

Bu jarayonda korrupsiya jinoyatini sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘plab tashkiliy-huquqiy ishlar va amaliy tadbirlar tashkil qilinmoqda, — deydi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Dilshod Rahimov. — Bu yo‘nalishda huquqiy targ‘ibot ishlari kuchaytirilayotgani natijasida aholida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror topmoqda. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotgan shaxslar qonun oldida javob berayotir”.

“O‘zbekistonda parlament nazorati instituti rivojlanmoqda. Aytib o‘tish kerak, korrupsiya nafaqat pora berish, balki katta mablag‘larning noqonuniy aylanmasida ham namoyon bo‘lmoqda, — dedi BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal. — Aynan shu yo‘nalishda BMT va O‘zbekistonning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanayotir. Bosh prokuror Otabek Murodov biz bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotganidan mamnunmiz. Pulni qonuniylashtirish kabi jinoyatlarni fosh etish, mablag‘larni qaytarish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют