» » Tusk Yevropa Ittifoqini SSSR bilan taqqoslamaslikka chaqirdi

Tusk Yevropa Ittifoqini SSSR bilan taqqoslamaslikka chaqirdi


Yevropa Ittifoqini Sovet Ittifoqi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bu haqda 4-oktabr kuni Yevropa kengashi raisi Donald Tusk ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Britaniya TIV rahbari Jeremi Xant 30-sentabr kuni Yevropa Ittifoqini “Sovet Ittifoqi kabi” qamoqxonaga aylantirmaslikka chaqirgan edi. Vazir “tarix darsini” misol keltirdi va Britaniya “tutqunlikdan qochishni istovchi yagona mahbus bo‘lmasligi” haqida ogohlantirdi.

Bunga javoban Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqini SSSR bilan taqqoslashgacha bormaslik uchun Xantga tarix darsligini o‘qishni tavsiya qildi.

“Sovet Ittifoqi — bu qamoqxonalar va quloq qilinganlar, chegaralar va devorlar, fuqarolar va qo‘shnilar ustidan zo‘ravonlik. Yevropa Ittifoqi — bu inson huquqlari va erkinligi, gullab-yashnash va tinchlik. Qo‘rquvsiz hayot”, — dedi Tusk Xantning so‘zlarini izohlay turib.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют