» » “Daryo” surishtiruvi: Qashqadaryoda insulin yetkazib berishdagi muammolar barham topadimi?

“Daryo” surishtiruvi: Qashqadaryoda insulin yetkazib berishdagi muammolar barham topadimi?


Prezidentning 2017-yil 2—3-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida yangi sanoat korxonalarini barpo etish, xususan, dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish xususida qator topshiriqlar berilgan edi.

Davlat rahbari ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Trastbank” moliyaviy ko‘magi asosida Andijonning Xartum qishlog‘ida “Zamin Bio Health” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Markaziy Osiyoda yagona insulin dori vositasi ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Markaziy Osiyoda yagona bu zavod asosan insulin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga 10 million flakon dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bu korxonani bugun ko‘pchilik biladi.

Shu paytga qadar insulin O‘zbekistonga xorijdan keltirilgan. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayib, valyuta tejalib, qolaversa, narxi ham pasayadi, deb yozishgandi ekspertlar. Masalan, hozirgi paytda bir ampula insulinning bozor narxi 36 ming so‘m bo‘lsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming so‘mdan yetkazib berishi mumkin ekan. Xo‘sh, mamlakatda insulin zavodi bor ekan, unda nega qandli diabet kasaliga chalingan bemorlarga davlat hisobidan bepul tarqatilishi lozim bo‘lgan insulin dorisi joylarda, xususan, Qashqadaryoning Qamashi tumanida taqchillashib qoldi?

Bu muammo haqida “Daryo”ga qamashilik qandli diabetga chalingan bemorning farzandi xat yo‘lladi. O‘z ismini oshkor qilishni xohlamagan maktab o‘qituvchisining so‘zlariga ko‘ra, uning qaramog‘idagi otasi ko‘p yillardan beri qandli diabetning og‘ir turidan aziyat chekib kelmoqda. Faqat bir o‘qituvchi maoshiga yasha?tgan oilada insulin yo‘qligi ortidan qator muammolar yuzaga kelgan, deya xabar beradi jurnalist Abduvohid Ahmedov.

—Uch oydan beri Qamashida insulin inyeksiyasi berilmayapti. Avvallari cho‘zib, kechiktirib bo‘lsada, berishardi. Endi uch oy o‘tsada, otam insulin dorisini ololmayapti. Insulin olaman deb kasalxonaga borib, kuni bilan dori kutib, ahvoli battar bo‘lyapti. Hozir og‘ir ahvolda kasalxonada ?tibdi. Farzandlari, ya’ni biz doriga qanday pul topishni bilmay qoldik? — deydi insulin tashvishida yurgan o‘qituvchi.

Har oyda aptekadan 30-35 ming so‘mga insulin sotib olishga qurbi yetmasligini aytadi u. “Otam bir kun insulinsiz qolsa? o‘lib qolishi mumkin, shuning uchun ro‘zg‘ordagi mol - holni sotib bo‘lsa ham unga dori olishga majburmiz” der ekan, insulin taqchilligiga sog‘liqni saqlash idoralarida o‘tirgan mutasaddilar mas’ul ekanini aytadi.

Tuman bo‘yicha insulin tarqatish uchun mas’ul poliklinika vrach endokrinologi bunday da’volarni rad etadi.

— Qisman uzilish bo‘ldi, 5-10 kunga. Viloyatdan qancha insulin berilsa, biz ham hisob-kitob bilan shuni tarqatamiz. Hammasi kirim-chiqim kitobida ?ziladi. Insulin oluvchilarimizga dori kelishi bilan xabar beramiz va bir-ikki kun ichida bemorning o‘zi yoki uning vakili kelib, qo‘l qo‘yib olib ketadi. Insulin tekinga beriladi. Agar boshqa joylarda kechiktirilayotgan yoki sotilayotgan bo‘lsa, bundan aslo xabarim yo‘q, — deydi poliklinika vrach-endokrinologi O‘rol Tog‘ayev.

Qamashi tumanida rasman ro‘yxatga olingan 256 nafar insulin oluvchi bemorga insulin inyeksiyasini tarqatish uchun mas’ul poliklinika bosh vrachi Eshmamat Eshonqulov joriy yilning 3-iyulidan 17-sentabriga qadar insulin inyeksiyasi berilmaganini e’tirof etdi.

— Iyul oyi hisobidan bizga insulin kelmadi. Bizga viloyatdan bersa, uni tarqatamiz bemorlarga. Poliklinikada 328 nafar qandli diabetga chalingan bemor ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 256 nafari insulin inyeksiyasi va 70 nafari insulin tabletkasi olib turadi. Oxirgi insulinni iyul oyining boshida tarqatib bo‘lganmiz. 4-iyuldan bemorlarga dori berganimiz yo‘q edi, 17-sentabrdan beri tarqatyapmiz, — deydi O‘rol Tog‘ayev.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, insulin so‘rab kelgan bemorlarga uzilishning qanchaga cho‘zilishi noma’lum ekani tushuntirilgan va ularga bu dorini qaysi aptekadan olishlari to‘g‘risida tavsiyalar berib borilgan.

Ro‘yxatga olingan bemorlarga bepul berilishi ko‘zda tutilgan insulinning taqchillashgani sabablariga oydinlik kiritish maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘landik. Mutaxassis Shokir Jo‘rayev insulin dorisini olish muammosi bo‘lganini tan oldi. “Bu kamchilik bugungi kunda bartaraf etilgan. Yil oxirigacha yetarli insulinimiz bor. Bemorlarimiz qiynalmasdan o‘zlari biriktirilgan tibbiyot birlashmalaridan olishlari mumkin”, deya ta’kidladi Shokir Jo‘rayev.

Qandli diabet mamlakatda davlat hisobidan davolaniladigan kasalliklar ro‘yxatiga kiradi va joylardagi sog‘liqni saqlash tizimlari bepul insulin olishi lozim bemorlarni aniqlash va ularga dori tarqatish uchun mas’ul. Biroq joylarda, yuqoridagi kabi, insulin olishda uzilishlar kuzatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют