» » III yozgi o‘smirlar Olimpiadasi: O‘zbekiston sport delegatsiyasi Argentinaga yetib bordi (foto)

III yozgi o‘smirlar Olimpiadasi: O‘zbekiston sport delegatsiyasi Argentinaga yetib bordi (foto)


Joriy yilning 6—18-oktabr kunlari Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston sharafini sportning 16 turida 37 nafar sportchi himoya qiladi.

Bugun, 5-oktabr sanasida O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy qismi o‘yinlar o‘tkaziladigan Buenos-Ayres shahriga yetib bordi.

Ma’lumot uchun, III yozgi o‘smirlar Olimpiadasida jahonning 206 mamlakatidan 15-18 yoshdagi 3926 nafar sportchi ishtirok etadi. 32 sport turida bahslar tashkil qilinadi. O‘yinlarda ilk marotaba ishtirokchi o‘g‘il-qizlar soni mutanosibligi vujudga kelgan (1963 nafardan).

Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarning tantanali ochilish marosimi 6-oktabr (Toshkentda 7-oktabr tongi) kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют