» » YChL 2-tur ramziy terma jamoasi ma‘lum bo‘ldi, unda Messiga joy topilmadi

YChL 2-tur ramziy terma jamoasi ma‘lum bo‘ldi, unda Messiga joy topilmadi


UEFA Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turining fentezi ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Musobaqaning 2-turida 3 tadan gol urib, xet-trikka qayd etgan PSJ hujumchisi Neymar, “Roma” hujumchisi Edin Jeko hamda “Yuventus” a’zosi Paulo Dibala ramziy terma jamoaning hujum chizig‘ini tashkil etdi. Qizig‘i, termadan “Tottenhem”ga qarshi bahsda dublga erishgan Lionel Messi o‘rin olmagan. Shuningdek, musobaqaning amaldagi chempioni “Real”ni mag‘lub etgan Moskvaning SSKA klubidan ham birorta o‘yinchi tarkibga kira olmagan.

Chempionlar Ligasi 2-tur ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Netu (“Valensiya”, Ispaniya);

Himoyachilar: Alessandro Florensi (“Roma”, Italiya), Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”, Italiya), Aleks Telles (“Portu”, Portugaliya), Jordi Alba (“Barselona”, Ispaniya);

Yarim himoyachilar: Jengiz Under (“Roma”, Italiya), Marko Roys (“Borussiya”, Germaniya), Filippe Koutinyo (“Barselona”, Ispaniya);

Hujumchilar: Paulo Dibala (“Yuventus”, Italiya), Edin Jeko (“Roma”, Italiya), Neymar (PSJ, Fransiya).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют