» » Toshkent viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari 5000 dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari 5000 dollar pora bilan ushlandi


Shu yil 3-oktabr kuni fuqaro A.S. Ichki ishlar vazirligiga tamagirlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Arizada o‘zini Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Bo‘stonliq tumanidagi turizm uchun ajratilgan zahira yerlardan 3 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilib, evaziga oldindan 5000 AQSh dollari berishni talab qilayotganligi bildirilgan.

Shu kuni vazirlikning tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlovchi J.N. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent ko‘chasida ariza muallifidan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют