» » Yaponiyada Emomali Rahmon korteji YTHga uchradi (video)

Yaponiyada Emomali Rahmon korteji YTHga uchradi (video)


Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon korteji mikroavtobusga urildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Yaponiyaning Fuji TV telekompaniyasi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon korteji YTHga uchraganligi haqida videoni e’lon qildi.

Hodisa 4-oktabr kuni Yaponiya poytaxtining Nagata tumanida sodir bo‘ldi.

Telekanal xabariga ko‘ra, Rahmon kortejidagi yengil avtomobil mikroavtobusga borib urildi.

To‘qnashuv vaqtida ushbu avtomobil salonida Tojikiston prezidenti bo‘lganligi noma’lum. To‘qnashuv oqibatida Emomali Rahmon jarohat olmaganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Emomali Rahmon bugun, 5-oktabr kuni 66 yoshga to‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib uni tavallud kuni bilan tabrikladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют