» » XOQ G‘ofur Rahimovga III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqlab qo‘ydi

XOQ G‘ofur Rahimovga III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqlab qo‘ydi


Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) AIBA’ning vaqtinchalik prezidenti G‘afur Rahimovga 2018-yilgi o‘smirlar Olimpiadasiga tashrif buyurishni taqiqladi. Bu haqda Inside The Games nashri xabar tarqatdi, deb yozadi Turon24 AA.

Qayd etilishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bosh direktori Kristof De Kepper AIBA’ga a’zo bo‘lgan milliy federatsiyalarga xat yozgan va unda Rahimov bo‘lajak musobaqa uchun akkreditatsiyadan o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, qo‘mita AIBA bilan ish yuzasidan aloqalardan tashqari, barcha hamkorlikni muzlatib qo‘ygan.

Yaqinda esa G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligi uchun yagona nomzodga aylangandi. Boisi, qozog‘istonlik ikkinchi nomzod Serik Konakboyev o‘z nomzodini qo‘llash bo‘yicha yetarlicha imzoga ega bo‘la olmagandi.

Ta’kidlash joiz, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rahimovni prezidentlikka nomzodini ko‘rsatmasligini so‘rab ogohlantirgandi. Shuningdek, Rahimov AIBA prezidentligiga saylansa, Tokio—2020 Olimpiada dasturida boksni saqlab qolish bo‘yicha XOQning qaroriga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha departamenti Rahimovni jinoyatchilardan biri sifatida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Shuningdek, AQSh moliya vazirligi Rahimovning AQSh dollarida istalgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga taqiq qo‘ygan. O‘z navbatida, Rahimov o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi III yozgi Olimpiada o‘yinlari 6—18-oktabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют