» » Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi yuzasidan rasmiy bayonot berildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati bayonot berdi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Fransiya muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNЕSKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 19:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют