» » O‘zbekistonda “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” nomli ilmiy jurnal chop etila boshladi

O‘zbekistonda “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” nomli ilmiy jurnal chop etila boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” nomli ilmiy jurnali chop etila boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur jurnal davlat rahbarining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Har ikki oyda o‘quvchilar qo‘liga yetib boradigan jurnalda tadqiqotchilar, olimlarning ilmiy izlanishlari natijasi, ahamiyati haqida ma’lumotlar berib boriladi, ilmiy-nazariy, tahliliy maqolalar yoritiladi.

Nashrda rus va ingliz tilidagi maqolalar ham chop etilishi rejalashtirilgan. Bu xorijiy olimlar ilmiy izlanishlari bilan tanishish, shuningdek, ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajriba va yangiliklardan xabardor bo‘lish imkonini kengaytiradi.

Jurnal jamoasi ilmga qiziqqan o‘quvchi va talaba yoshlarni, yosh tadqiqotchilarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Nashr sahifalarida ular uchun zarur yangiliklar, qiziqarli ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют