» » Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi

Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi


Shavkat Mirziyoyevning 4-oktabrdagi farmoni bilan Fransiya fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim joriy etildi. Farmon 5-oktabr kuni kuchga kirdi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda ta’kidlanishicha, bunday qaror O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Fransiyadan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 4 889 kishi, 2017-yilda — 5 748 kishi, joriy yilning sakkiz oyi davomida — 9 172 kishini tashkil etgan.

Ta’kidlab o‘tish joizki, Shavkat Mirziyoyev 8—9-oktabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifni amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют