» » O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti yangi “Tergov.uz” botini ishga tushirdi

O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti yangi “Tergov.uz” botini ishga tushirdi


O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti internetda yangi “Tergov.uz” botini ishga tushirdi. Bu haqda departament “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining “Tergovdepartamenti.uz” rasmiy veb-sayti ishga tushirilgan edi.

Ushbu saytda Tergov departamentida amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy axborotlar, sodir etilgan jinoyatlar hamda ularga nisbatan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumotlar berib kelinayotgan edi.

Hozirda ushbu saytni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan Tergov departamenti rahbariyati o‘rtasida muloqotni yanada kuchaytirish hamda saytga kirishni osonlashtirish maqsadida mazkur veb-saytning nomi “Tergov.uz” deb qisqartirilib, uning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Facebook.com/tergov.uz va Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @tergov_bot nomli rasmiy sahifalari ochildi.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarining Facebook va Telegram’dagi shaxsiy sahifalari orqali tergov idoralari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarini yuborishi, shuningdek, o‘zlarining poymol bo‘lgan huquqlarini tiklash yuzasidan to‘g‘ridan- to‘g‘ri Tergov departamenti rahbariyatiga murojaat qilishi, ushbu murojaatlariga ilova sifatida ishga aloqador bo‘lgan foto, audio va video fayllarini yuklashi mumkin.

Ushbu ijtimoiy tarmoqlardan yuborilgan har bir xabar va murojaatlar Tergov departamenti rahbariyatining e’tiboridan chetda qoldirilmay, ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют