» » O‘zbekiston milliy kutubxonasida zamon qahramonlari haqidagi yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston milliy kutubxonasida zamon qahramonlari haqidagi yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi


5-oktabr kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan to‘rtta yangi kitob taqdimoti va asarlar mualliflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘zMAA tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida o‘tkazilgan taqdimot va ijodiy uchrashuvda yozuvchilar Qo‘chqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Luqmon Bo‘rixonning “Titrayotgan tog‘”, Abduqayum Yo‘ldoshevning “Osmon og‘ushi” nomli asarlari keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Suvon Meli, adabiyotshunos olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‘raqulov, Islom Yoqubovlar mazkur asarlar o‘zbek adabiyotida muhim voqea ekanligini ta’kidlab, ular haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют