» » Qashqadaryoda “Janub yulduzlari” nomli festival o‘tkazildi (foto)

Qashqadaryoda “Janub yulduzlari” nomli festival o‘tkazildi (foto)


Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondonligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida yoshlar uchun “Janub yulduzlari” nomli sport festivali o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu festivalda viloyat hokimligi, JG‘MHO vakillari hamda ishtirokchilarning ota-onalari ishtirok etdi. 30 ga yaqin jamoadan iborat bo‘lgan viloyat yoshlari ommaviy sportning turli yo‘nalishlari, xususan, karate va badiiy gimnastika bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Tadbir yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrugiga qarashli Baxmal tumanidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari bilan “Harbiy qism — jinoyatdan holi hudud” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Jizzax viloyati Yoshlar ittifoqi kengashining oilalar bilan ishlash bo‘yicha yetakchisi Oydina Egamqulova, psixolog Xurshida Hayitaliyeva, viloyat musiqali drama teatri aktyori Sarvar Rustamov ishtirok etgan tadbirda jinoyatchilikning oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish haqida ma’ruzalar o‘qildi.

Bundan tashqari tadbir davomida psixologik trening hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yakunida ishtirokchilarga badiiy kitoblar va esdalik sovg‘alari ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют