» » Buxoroda paxtani payhon qilgan qo‘ylar so‘yilib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va bog‘chaga tarqatildi

Buxoroda paxtani payhon qilgan qo‘ylar so‘yilib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va bog‘chaga tarqatildi


Buxoro viloyatida paxtani payhon qilish yuzasidan bir nechta holatlar aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

1-oktabr kuni soat 07:00 larda Peshku tumani Xurram mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro T.T. hamda shu manzilda yashovchi N.Y.lar o‘zlariga tegishli bo‘lgan 6 bosh qo‘y va echkilarini qarovsiz qoldirganligi oqibatida ushbu chorva mollari “Nodirbek Dilnura” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasini payhon qilganligi aniqlangan. Bir bosh qo‘y va bir bosh echki so‘yilib, hududdagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan.

Shuningdek, 4-oktabr kuni Buxoro tumani Talaliyon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan 1 bosh yirik shoxli qoramoli va bir bosh qo‘yini “Yurinpoyon yeri” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasida boqib payhon qilganligi aniqlangan. Bir bosh qo‘y so‘yilib, hududdagi 38-son maktabgacha ta’lim muassasasiga topshirilgan.

Ikkala holat yuzasidan ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasi (Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish)ga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют